E’LON: Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar(IES, GES), ”O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “O‘zenergosotish” AJ diqqatiga!
“Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 19-03-22-06-O‘zR-1-2026-son narx (tarif) dekloratsiyasiga asosan 2026-yilning 11-sentabr kunidan e’tiboran elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya’ni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Toshkent IES” AJ, “Navoiy IES” AJ, “Yangi-Angren IES” AJ, “Angren IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Taxiatosh IES” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Buxoro HETK” AJ, “Farg‘ona HETK” AJ hamda“O‘zenergosotish” AJlariga ko‘rsatilgan dispetcherlik xizmatlari uchun
yangi tariflar amal qilishini ma’lum qiladi.
Yangi narx (tarif) 1 kVtsoat uchun 0,57 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi. Avvalgi tarif 0,55 so‘mni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, tariflar elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste’molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste’mol tarifga ta’sir ko‘rsatmaydi.
