Yangiliklar

“Milliy dispetcherlik markazi” DMda fidoyi xodimlar munosib taqdirlandi.

Bugun, 28-avgust kuni “Milliy dispetcherlik markazi” DM markaziy apparatida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezidentimiz farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, elektr energetikasi sohasini rivojlantirishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari hamda fahriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Marosimni Markaz rahbari Boboyev Muzaffar Komiljonovich , yurtimizning o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘li, bu davrda erishilgan ulkan natijalar va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yangiliklar

ОБЪЯВЛЕНИЕ: Вниманию предприятий по производству электрической энергии (ТЭС, ГЭС), АО “НЭС “Узбекистана”,АО “Региональные электрические сети”, предприятий региональных электрических сетей и АО “Узэнергосотиш”!

Государственное учреждение «Нaцоналный диспетчерский центр» на основании декларaции о ценах (тарифах) Министерства экономики и финансов Республики Узбекистан от 6 августа 2026 года (№19-03-22-06-O‘zR-1-2026) сообщает о введении новых тарифов на диспетчерские услуги
с 11 сентября 2026 года для АО «Нaционалные электрические сети Узбекистана», АО “Тепловые электрические станции”, АО «Ташкентская ТЭС», АО «Навоийская ТЭС», АО “Ново-Ангренская ТЭС, АО “Ангренская ТЭС”, АО “Талимарджанская ТЭС”, АО “Тахиаташская ТЭС”, АО “Узбекгидроэнерго”, “АО “Регионалные электрические сети”, АО “Бухарское ПТЭС”, АО “Ферганское ПТЭС” и  АО “Узэнергосотиш”.

Новый тариф (цена) составляет 0,57 сумов за 1 кВт·ч (включая НДС). Предыдущий тариф составлял 0,55 сумов.

Следует отметит, что данные тарифы устанавливаются для проведения взаиморасчетов между предприятиями электроэнергетической отрасли, при этом, не распространяются на конечных потребителей (абонентов) и не оказывают влияния на потребителские тарифы электрической энергии.

Yangiliklar

E’LON: Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalar(IES, GES), ”O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”,  Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va “O‘zenergosotish” AJ diqqatiga!

“Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 6-avgustdagi 19-03-22-06-O‘zR-1-2026-son narx (tarif) dekloratsiyasiga asosan 2026-yilning 11-sentabr kunidan e’tiboran elektr energetika tarmog‘i korxonalari uchun, ya’ni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ,  “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Toshkent IES” AJ, “Navoiy IES” AJ, “Yangi-Angren IES” AJ, “Angren IES” AJ, “Tolimarjon IES” AJ, “Taxiatosh IES” AJ,  “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,  “Buxoro HETK” AJ, “Farg‘ona HETK” AJ hamda“O‘zenergosotish” AJlariga ko‘rsatilgan dispetcherlik xizmatlari uchun
yangi tariflar amal qilishini ma’lum qiladi.

Yangi narx (tarif) 1 kVtsoat uchun 0,57 so‘mni (QQS bilan) tashkil etadi. Avvalgi tarif 0,55 so‘mni tashkil etgan.

         Eslatib o‘tamiz, tariflar elektr energetika korxonalari uchun o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun belgilangan bo‘lib, elektr energiyasining yakuniy iste’molchilariga (abonentlarga) tatbiq etilmaydi va elektr energiyasining iste’mol tarifga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Yangiliklar

Elektr energetika tizimida dispetcherlik boshqaruvi yanada takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 400-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, elektr energetikasi tizimida tezkor-dispetcherlik boshqaruvini yanada takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yagona energetika tizimiga samarali integratsiya qilish hamda Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur o‘zgarish elektr energetikasi tizimini yagona markazdan tezkor muvofiqlashtirish, tarmoqlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan yanada ishonchli ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, energiya balansini real vaqt rejimida rejalashtirish va prognozlashning zamonaviy raqamli tizimlari joriy etiladi. “PowerFactory” (DIgSILENT) va “PLEXOS” dasturiy platformalari yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarish, jumladan, quyosh va shamol elektr stansiyalarining ishlab chiqarish hajmlari hamda ularning elektr tarmog‘iga ta’siri yanada aniq prognoz qilinadi.

Qaror bilan, shuningdek, dispetcherlik boshqaruvini raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda soha mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha ham qator vazifalar belgilandi.