“Milliy dispetcherlik markazi” DMda fidoyi xodimlar munosib taqdirlandi.

Bugun, 28-avgust kuni “Milliy dispetcherlik markazi” DM markaziy apparatida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak orden va medallari, shuningdek, mamlakatimiz taraqqiyoti, iqtisodiy salohiyati va aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, elektr energetikasi sohasini rivojlantirishda fidoyilik va tashabbuskorlik ko‘rsatayotgan Jamiyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari hamda fahriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosimni Markaz rahbari Boboyev Muzaffar Komiljonovich , yurtimizning o‘ttiz besh yillik taraqqiyot yo‘li, bu davrda erishilgan ulkan natijalar va sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.












